KontentPay'ni ulang va pullik obunalar orqali daromad topishni boshlang.
KontentPay bilan Telegram kanalingizdan pul ishlashni boshlang. Hamma jarayon - obunalar va to'lovlarni boshqarish Telegramning o'zida amalga oshiriladi. Botimiz Telegram dizayniga to'liq mos kelgani uchun foydalanish juda oson.
Boshqa servislardan farqli ravishda, botimiz orqali hech qanday qiyinchiliklarsiz kanalingizni monetizatsiya qila olasiz.
Faqatgina 10% komissiya va boshqa hech qanday yashirin to'lovlar mavjud emas. Telegramda kanal yoki guruhlaringizni monetizatsiya qilish uchun eng yaxshi yechim shu yerda.
Auditoriyangiz kengayib borsa, daromadingiz ham ko'payib boradi. Hoziroq boshlang va kontent yaratishdan daromad toping.
KontentPay Telegramda biznes yurituvchilar va kontent yaratuvchilar uchun juda qulay. Ekspertlar o'z bilimlarini pullik asosda baham ko'rishi, maslahatlar berishi yoki qiziqish bo'yicha jamoa tuzishi mumkin. Kreativ kontent yaratuvchilar esa o'z asarlari va yaratish jarayonlarini pullik obuna orqali taqdim etishlari mumkin.
1. Botni oching.
2. Botda "Start" tugmasini bosing.
3. Botni kanalingizga admin sifatida qo'shing va unga xabarlarni yuborish, tahrirlash, o'chirish va obunachi qo'shish huquqlarini bering.
4. Ko'rsatmalar bo'yicha obuna tizimini sozlang.
To'lovlar oyiga bir marta kelishuv asosida amalga oshiriladi va shartnomada ko'rsatilgan pul o'tkazish usuli orqali yuboriladi. Bank kartasiga to'lovning minimal summasi — 100 ming so'm. Agar minimal summa yetmasa, qoldiq keyingi to'lov sanasiga o'tkaziladi.
KontentPay orqali UzCard va Humo karta egalariga to'lovlarni qabul qilish imkoni mavjud. Qo'shimcha qulaylik uchun Payme to'lov tizimi orqali ham to'lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
KontentPay bilan Telegram kanalingizni monetizatsiya qilishni hoziroq boshlang.